» » Nyu-Jersida lotereyaga 273 million dollar yutib olgan erkak pulini begona bilan bo‘lishadi

Nyu-Jersida lotereyaga 273 million dollar yutib olgan erkak pulini begona bilan bo‘lishadi


Nyu-Jersida lotereya g‘olibi bo‘lgan erkak notanish inson sababli 273 million dollarlik Mega Millions mukofotini qo‘lga kiritganini aytgan, deya xabar beradi “ForumDaily”.

54 yoshli Mayk Veyrski Fillipsburgdagi QuickChek do‘konidan lotereya chiptasini xarid qilib, telefoniga chalg‘ib chiptasiz chiqib ketgan.

Bir necha soat u chiptalarni uyidan topishga harakat qilgan. Ertasi kuni u yana do‘konga qaytib borgan. Aniqlanishicha, uning chiptalarini notanish yigit topib olgan va ularni QuickChek xodimlariga qaytarib bergan.

“Men vijdonli odamlardan minnatdorman, bundaylar hozir yo‘q deb o‘ylagandim. Men o‘sha yigitni izlayapman, unga minnatdorchilik bildirmoqchiman va u bilan pullarimni bo‘lishmoqchiman”, — deydi u.

Ma’lum bo‘lishicha, agar topgan yigit chiptani olib ketganida jek-pot egasi u bo‘lardi.

Yutuq puli barcha soliqlarni inobatga olgan holda 162 million dollarni tashkil qilgan.

G‘olib ushbu pullar evaziga o‘zi va onasiga avtomombil sotib olishni shuningdek, onasining uyini ta’mirlab berishni rejalashtirmoqda.

Amerikaliklar lotereya chiptalarini sotib olishni yaxshi ko‘radi. Amerikaliklar  o‘rtacha bir yil davomida lotereya sotib olishga 200 dollar sarflaydi, biroq ba’zi shtat aholisi bundan ko‘proq pul sarflaydi.

LendEDU tadqiqotiga ko‘ra, har yili Massachusets shtati aholisi lotereya chiptalariga 735 dollar mablag‘, Delaver yoki Nyu-Yorkda esa o‘rtacha 400 dollar yoki oyiga 33 dollar sarflaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-03-2019, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют