» » “Navbahor”—“Qo‘qon-1912” o‘yinidan qaytayotgan namanganlik futbol muxlislari avtohalokatga uchradi. Qurbonlar bor

“Navbahor”—“Qo‘qon-1912” o‘yinidan qaytayotgan namanganlik futbol muxlislari avtohalokatga uchradi. Qurbonlar bor


10-mart, yakshanba kuni Toshkentda futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasi 1-turi doirasida Namanganning “Navbahor” jamoasi Qo‘qonning “Qo‘qon-1912” klubi bilan bellashdi.

Tomonlarning 1:1 hisobidagi durang natijasi bilan yakunlangan bahsdan so‘ng, namanganlik muxlislar Namanganga qaytishda avtohalokatga uchragan.

“Navbahor” muxlislar klubi yetakchisi Farhod Umaraliyevning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, “Navbahor”ning 5 nafar muxlisi bo‘lgan Nexia avtomobili To‘raqo‘rg‘onda qarama-qarshi yo‘nalishdagi Damas bilan to‘qnashib ketgan. Oqibatda Nexia’dagi 2 nafar muxlis voqea joyida vafot etgan. 3 nafar muxlis esa kasalxonaga joylashtirilgan. Ularning bari koma holatida bo‘lgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, jarohatlanganlardan birining ahvoli yaxshilanib, palataga olingan.

Ta’kidlash joiz, “Navbahor”—“Qo‘qon-1912” bellashuvi Namangandagi markaziy stadion tayyor emasligi boisdan Toshkentga ko‘chirilgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-03-2019, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют