» » Oliy sud Qashqadaryoda ham sayyor qabul o‘tkazdi. Biroq Oliy sud raisisiz o‘tgan qabul shikoyatchilarni qoniqtirmadi

Oliy sud Qashqadaryoda ham sayyor qabul o‘tkazdi. Biroq Oliy sud raisisiz o‘tgan qabul shikoyatchilarni qoniqtirmadi


Oliy sud sudyalari Qashqadaryo viloyati ham sayyor qabul o‘tkazdi. Sayyor qabulda 36 nafar murojaatchi shikoyati tinglandi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

“Oliy sud raisi keladi deyishgandi, — deydi Kitob tumanidan kelgan murojaatchi Sharofat Sadinova. – Ammo rahbar kelmabdi. Bunaqada muammoimiz hal bo‘larmikin?”

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qashqadaryo viloyat sudi matbuot xizmatining ma’lumot berishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish va sud hokimiyati organlariga ishonchni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy sud sudyalari — jinoyat ishlari bo‘yicha sudya Hasan Egamberdiyev, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudya Abduvohid Qosimov, ma’muriy ishlar bo‘yicha sudya Alisher Mahmudov hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi Ikrom Muslimovlar viloyat xalq qabulxonasida sayyor qabul o‘tkazdi.

Ma’lum bo‘lishicha, qabulda jinoyat ishlari bo‘yicha 9 ta murojaat o‘rganilib, 4 tasi nazorat tartibida qabul qilinib, 1 ta ariza tegishliligi bo‘yicha yuborilishi to‘g‘risida hamda 4 ta og‘zaki tushuntirishlar berildi. Muborak tumanidagi “Geolog” mahallasi “O‘zbekiston” ko‘chasi 2/2 uyda yashovchi Xudoyberdi Ro‘ziyev o‘ziga oid jinoyat ishi bo‘yicha oqlov hukmi chiqarilgani yuzasidan minnatdorchilik bildirdi.

Viloyat ma’muriy sudi yuzasidan 8 ta murojaat o‘rganilib, 7 tasiga og‘zaki tushuntirish berilib 1 ta shikoyat qabul qilindi. Fuqarolik ishlari bo‘yicha esa 16 ta murojaat o‘rganilib, shundan 7 ta shikoyat o‘rganish uchun olib qolingan, 9 ta murojaatchiga og‘zaki tushuntirishlar berilgan. Iqtisodiy ishlar bo‘yicha 3 ta murojaat o‘rganilib, ularga ham og‘zaki tushuntirishlar berilgan.

Eslatib o‘tamiz, 9-mart kuni Oliy sud raisi Kozimjon Komilov Andijon viloyatidagi fuqarolar bilan sayyor qabul o‘tkazgani xabar qilingan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-03-2019, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют