» » “Real” Santyago Solariga klubda qolishni taklif qildi

“Real” Santyago Solariga klubda qolishni taklif qildi


11-mart, dushanba kuni “Real”ga yangi bosh murabbiyi sifatida Zinedin Zidan tayinlandi. Mutaxassis bilan tuzilgan shartnoma 2022-yilning 30-iyuniga qadar amal qiladi.

“Real” rahbariyati bosh murabbiylikdan iste’foga chiqarilgan Santyago Solariga klub tizimida qolishni taklif qildi. “Qirollik klubi” Solarining klubdagi faoliyatini yuqori baholaydi, — deyiladi xabarda.

Zidan 2016-yilning yanvar oyida “Real” bosh murabbiyi etib tayinlangandi. Bunga qadar esa fransiyalik mutaxassis Madrid klubining yoshlar jamoasida ishlagan.

Madridliklar Zidan qo‘l ostida uch mavsum davomida 9 ta musobaqada g‘olib chiqdi: Ispaniya chempionati—2016/17, mamlakat Superkubogi—2017, ketma-ket 3 marta Yevropa Chempionlar Ligasi (2015/16, 2016/17, 2017/18), ikki bor UEFA Superkubogi (2016, 2017) va klublar o‘rtasidagi Jahon Chempionati (2016, 2017) g‘olibligini qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, Zidan o‘tgan yilning 31-may sanasida “Real”dan ketishini e’lon qilgandi. Uning o‘rniga klubni Xulen Lopetegi boshqardi. U 2018-yilning oktabr oyida iste’foga chiqarilib, Solari olib kelingandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-03-2019, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют