» » Venesuela parlamenti mamlakatda elektr energiyasi bilan bog‘liq vaziyat tufayli favqulodda holat joriy qildi

Venesuela parlamenti mamlakatda elektr energiyasi bilan bog‘liq vaziyat tufayli favqulodda holat joriy qildi


Venesuela parlamenti mamlakatning aksariyat hududida elektr energiyasi o‘chirilgani munosabati bilan favqulodda holat joriy qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Favqulodda holat tartibi Venesuela prezidentiga mazkur vaziyatga barham berish uchun iqtisodiy va harbiy resurslarni safarbar qilish imkonini beradi.

Oldinroq muxolifatdagi parlament spikeri Xuan Guaydo mamlakatda 30 kun muddatga favqulodda holat joriy etishga chaqirgan va buni elektr energiyasi o‘chirilishi oqibatida kishilar halok bo‘layotgani, tadbirkorlar zarar ko‘rayotgani bilan izohlagandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-03-2019, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 123) ( 0) ( 120) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют