» » Harbiy jurnalistikaga qabul qilinadigan 20 nafar talaba grant asosida o‘qiydi

Harbiy jurnalistikaga qabul qilinadigan 20 nafar talaba grant asosida o‘qiydi


O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida harbiy jurnalistika kasbiy qayta tayyorlash kursi va 2019?2020-o‘quv yillarida harbiy jurnalistika yo‘nalishi ochilishining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Harbiy jurnalistika yo‘nalishi ikki bosqichda — 4 yillik bakalavriat ta’lim yo‘nalishi hamda 4 oylik kasbiy qayta tayyorlash kurslarida amalga oshiriladi.

Bakalavriat yo‘nalishida tahsil olish uchun tanlab olinadigan talabalarning 20 nafari ham davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi. To‘rt oylik kasbiy qayta tayyorlash kurslari pulli asosda bo‘lib, hech qanday cheklov va imtihonlar yo‘q, o‘qish istagida bo‘lganlar arizalari asosida tanlab olinadi.

Dastlabki o‘quv kurslariga O‘zbekiston Mudofaa vazirligi, Bojxona qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Tadbir so‘nggida Mudofaa vazirligi va O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti o‘rtasida kelishuv memorandumi imzolandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-03-2019, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 26) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют