» » AQSh va Tolibon Afg‘onistondan AQSh qo‘shinlarini olib chiqishga kelishib oldi

AQSh va Tolibon Afg‘onistondan AQSh qo‘shinlarini olib chiqishga kelishib oldi


AQSh delegatsiyasi va Tolibon harakati Doxadagi muzokaralarning so‘nggi kunida terrorizmga qarshi kurashish va Afg‘onistondan AQSh qo‘shinlarini olib chiqish bo‘yicha kelishuv loyihasini ishlab chiqdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Qog‘ozga ingliz va pushtu tilida yozilgan kelishuvning batafsil ma’lumotlari e’lon qilinmagan.

AQSh 2001-yildan beri Afg‘oniston hududida Tolibon va boshqa guruhlarga qarshi harbiy operatsiya olib boradi. Bu AQSh qo‘shinlari qatnashgan eng uzoq davom etgan ziddiyat bo‘lgan.

AQSh va Tolibon o‘rtasidagi navbatdagi muzokaralar Doxada 25-fevral kuni boshlangan. AQShning Afg‘oniston masalalari bo‘yicha maxsus elchisi Zalmay Xalilzad Doxadagi muzokaralar samarali bo‘layotganini aytgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-03-2019, 07:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют