» » Buxoroda “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tashkil etiladi

Buxoroda “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tashkil etiladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga tashrifi doirasida yerdan unumli foydalanish, tutzorlar barpo etish bo‘yicha yangi loyiha taqdimotida qatnashdi, deb yozadi O‘zA.

Davlat rahbari mazkur sohani yanada rivojlantirish, tutzorlarni ko‘paytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Bu boradagi ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yish maqsadida tashkil etilayotgan “O‘zbekipaksanoat” uyushmasining tarkibiy tuzilmasi bilan ham tanishdi.

“Yoshlar” telekanalining yangiliklar dasturida aytilishicha, “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi loyihasi respublika bo‘yicha ipakchilik sohasida yaxlit zanjirni ya’ni ozuqa bazasini kengaytirish, ipak qurtini parvarishlash, xom pilla ishlab chiqarish, uni qayta ishlash va eksportga chiqarishni rivojlantirishga qaratilgan yagona tizimni tashkil qilishdan iborat.

2023-yilgacha tizimda tashkil etiladigan korxona va tashkilotlar bir qator soliq va boshqa imtiyozlarga ega bo‘ladi.

Viloyatda agrar tarmoqni yanada rivojlantirishda hududdagi kasb-hunar kollejlarida qishloq xo‘jaligining biz yangidan o‘zlashtirayotgan sohalari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish kerak, dedi davlat rahbari.

Опубликовано: admin (12-03-2017, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют