» » Dog‘istonda Filipp Kirkorov konsertida portlash uyushtirmoqchi bo‘lgan shaxs buni Maksim Galkin buyurtma qilganini aytdi

Dog‘istonda Filipp Kirkorov konsertida portlash uyushtirmoqchi bo‘lgan shaxs buni Maksim Galkin buyurtma qilganini aytdi


IShIDga a’zoligi taxmin qilinayotgan 20 yoshli Dog‘iston fuqarosi Xidirnebi Kazuyev Filipp Kirkorov konsertida terakt uyushtirmoqchi bo‘lgan. U xonandani o‘ldirish shoumen Maksim Galkinning buyurtmasi ekanligini ma’lum qildi, deb xabar berdi Meduza.

Ayblanuvchining advokati Isrofil Gadadovning ma’lum qilishicha, Kazuyev teraktga tayyorgarlik ko‘rganini inkor etgan.

4-mart kuni ayblanuvchi tergov davomida 2017-yilda Moskva shahrida Maksim Galkin u bilan uchrashib, ikki million rubl evaziga Filipp Kirkorovni o‘ldirishni taklif qilgan.

Kazuyevning fikricha, Galkin Alla Pugachyovani Filipp Kirkorovdan rashk qilgani uchun qotillikni buyurtma qilgan.

Kazuyev Galkinning taklifiga rozi bo‘lgan va bir million rublni avans sifatida olgan.

Biroq u keyinchalik ushbu ishdan bosh tortgan, chunki ushbu holatdan ko‘p odam jabr ko‘radi deb hisoblagan.

Xidirnebi Kazuyev Kirkorov, Galkin, Pugachyovani chaqirib, yuzma-yuz so‘roq qilinishini talab qilgan, biroq IIV ayblanuvchi bu bilan tergovni cho‘zmoqchi ekanligini ma’lum qilgan.

Maksim Galkin holatni izohlashdan bosh tortgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-03-2019, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют