» » Alla Pugachyova va Maksim Galkinga farzandli bo‘lish g‘oyasini kim “yuqtirgani” ma’lum bo‘ldi

Alla Pugachyova va Maksim Galkinga farzandli bo‘lish g‘oyasini kim “yuqtirgani” ma’lum bo‘ldi


Filipp Kirkorovning 85 yoshli otasi Bedros o‘z yubileyi arafasida intervyu berdi, deb yozadi “Fotoshedevr”. Unda u o‘zining sevimli nevaralari haqida gapirdi va OAVga Pugachyova va Galkin nima sababdan farzandli bo‘lishga qaror qilganini oshkor etdi.

Bedros Kirkorov Filippning farzandlari — Alla-Viktoriya va Martin qanday fe’l-atvorga ega ekanligi, she’rlar aytib berib, uni xursand qilishi haqida so‘zladi.

U, shuningdek, Alla Pugachyova va Maksim Galkin haqida gapirib o‘tishni ham unutmadi, ular, uning fikricha, aynan Filipp Kirkorovdan o‘rnak olgan holda ota-ona bo‘lishga qaror qilgan.

“Alla va Maksimga farzandli bo‘lish g‘oyasini Filipp ‘yuqtirgan’. Menimcha, Maksimga Filippning farzandli bo‘lgani ta’sir qilgani aniq. U yosh, u ham o‘z davomchilari bo‘lishini xohlaydi, shuning uchun Alla bilan shu ishga qo‘l urdi”, — dedi Bedros Kirkorov.

Eslatib o‘tamiz, Alla Pugachyova va Maksim Galkinning Yelizaveta va Garri ismli egizak farzandlarini 2013-yilda surrogat ona dunyoga keltirgan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (22-09-2017, 08:42)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 113) ( 0) ( 111) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют