» » Toshkent yashash uchun eng yaxshi shaharlar reytingida Dushanbeni ortda qoldirdi

Toshkent yashash uchun eng yaxshi shaharlar reytingida Dushanbeni ortda qoldirdi


O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahri dunyoning yashash uchun eng yaxshi shaharlar reytingida 201-o‘rinni egallab, Dushanbe shahrini ortda qoldirdi, deb ma’lum qildi Sputnik Mercer xalqaro konsalting kompaniyasiga tayanib.

Vena shahri ketma-ket o‘ninchi marta reyting yetakchisiga aylandi. Reytingda Syurix 2-o‘rin, Vankuver esa 3-pog‘onadan joy oldi.

Mercer reytingiga ko‘ra, dunyoning hayot uchun eng yaxshi shaharlar o‘ntaligiga Myunxen, Oklend, Dyusseldorf, Frankfurt, Kopengagen, Jeneva va Bazel shaharlari kiritilgan.

Reytingda Moskva 167-o‘rinni egalladi. Bishkek 211-o‘rin, Olmaota esa 181-pog‘onadan o‘rin oldi. Dushanbe 209-o‘ringa loyiq deb topilgan.

Kompaniya ma’lumotiga qaraganda, kompaniya dunyoning 231 ta shahrini taqqoslagan. Reyting tuzishda yashash, iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy sharoitlar, transport, oziq-ovqat, maishiy tovar sifatlari hamda ta’lim va tibbiyot darajalari inobatga olingan.

Dunyoning yashash uchun eng noqulay shahri sifatida Bag‘dod shahri tan olindi. U reytingning eng so‘nggi pog‘onasi – 231-o‘rindan joy oldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-03-2019, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 34) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют