» » O‘zbekistonlik bokschi WBC yangilangan reytingida bir pog‘ona yuqoriladi

O‘zbekistonlik bokschi WBC yangilangan reytingida bir pog‘ona yuqoriladi


Professional boksning WBC yo‘nalishi fevral oyi uchun yangi reytingni e’lon qildi. Unga ko‘ra, o‘zbekistonlik ikki nafar bokschi mazkur reytingdan o‘rin egalladi, deb xabar berdi GoSport.

Super o‘rta (-76,2 kg) vazn toifasi vakili Azizbek Abdug‘ofurov (12 ta g‘alaba, 4 ta nokaut) yangi reytingda bir pog‘ona ko‘tarilib, 5-o‘rinni egalladi.

Yarim o‘rta (-66,68 kg) vazn toifasida ringga ko‘tarilayotgan yana bir o‘zbekistonlik bokschi Qudratillo Abduqahhorov (15 tab g‘alaba, 9 ta nokaut) esa reytingda bir oy oldingi o‘rnini saqlab qoldi (5 o‘rin). Ayni vaqtda u IBF reytingida 4, WBO reytingida esa 11-o‘rinlarni egallab turibdi.

WBC yo‘nalishi bo‘yicha reytingda o‘zbekistonlik boshqa bokschilar o‘rin olmagan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-03-2019, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют