» » Qirg‘izistonliklar va tojikistonliklar o‘rtasidagi mojaro oqibatida 1 kishi jarohatlandi

Qirg‘izistonliklar va tojikistonliklar o‘rtasidagi mojaro oqibatida 1 kishi jarohatlandi


13-mart kuni chegaraga yaqin hududda joylashgan Qirg‘iziston va Tojikiston aholisi o‘rtasida mojaro yuz berdi, deb xabar berdi Sputnik.

Qirg‘iziston Xavfsizlik kengashi kotibi Damir Saginbayev ushbu holatga izoh berdi.

Mojaro 13-mart kuni, chegaraga yaqin hududda joylashgan qishloq aholisi o‘rtasida yuz berdi. Bir nafar Qirg‘iziston fuqarosi jarohat olgan va Samarqandek qishlog‘i shifoxonasiga joylashtirilgan. Batken chegara otryadi shaxsiy tarkibi kuchaytirilgan tartibda chegara muhofazasiga o‘tkazilgan.

“Kecha kechki paytdan muzokaralar o‘tkazilishi boshlangan va haligacha davom etmoqda. Qirg‘iziston va Tojikiston huquqni muhofaza qilish organlari vaziyatni barqarorlashtirish uchun barcha choralarni ko‘rmoqda”, - deb aytgan jurnalistlarga Saginbayev.

13-mart kuni qirg‘iziston tomon tashabbusi bilan Qirg‘iziston TIV rahbari Chingiza Aydarbekov va Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin o‘rtasida telefon muloqoti bo‘lib o‘tgan. Muloqot davomida vazirlar ikki mamlakatning tegishli organlari o‘rtasida yaqindan hamkorlik qardosh xalqlar o‘rtasida yaqin qo‘shnichilik munosabatlarini saqlab qolishi hamda yanada kuchaytirishida katta ahamiyat kasb etishini qayd etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-03-2019, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 129) ( 0) ( 127) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют