» » YChLda haftaning eng yaxshi o‘yinchisi nomiga da’vogarlar e’lon qilindi

YChLda haftaning eng yaxshi o‘yinchisi nomiga da’vogarlar e’lon qilindi


UEFA tashkiloti haftaning eng yaxshi o‘yinchisi nomiga da’vogarlik qilayotgan 4 nafar futbolchi nomini o‘zining rasmiy saytida e’lon qildi.

“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu, “Barselona” hujumchisi Lionel Messi, “Liverpul” a’zosi Sadio Mane va “Manchester Siti” yarim himoyachisi Leroy Sane mazkur nom uchun kurashadigan bo‘ldi.

Ronaldu “Atletiko”ga qarshi kechgan javob o‘yinida het-trikka erishdi, Messi esa “Lion” bilan bo‘lib o‘tgan bahsda 2 ta gol urib, 2 ta golli uzatma berdi. Mane safarda kechgan bellashuvda “Bavariya” darvozasini ikki marta ishg‘ol qilgan bo‘lsa, Sane esa “shaharliklar” mezbonlik qilgan o‘yinda “Shalke-04” davozasiga bitta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi.

Shu haftada Yevropa Chempionlar Ligasi doirasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar natijasini eslatib o‘tamiz:

“Yuventus”—“Atletiko” (3:0)

“Manchester Siti”—“Shalke” (7:0)

“Barselona”—“Lion” (5:1)

“Bavariya”—“Liverpul” (1:3)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-03-2019, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 102) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют