» » O‘zbekistonlik hakamlar U-23 Osiyo chempionati saralashida ishlaydigan bo‘ldi

O‘zbekistonlik hakamlar U-23 Osiyo chempionati saralashida ishlaydigan bo‘ldi


Joriy yilning 22—26-mart kunlari U-23 Osiyo chempionati saralashidan o‘rin olgan uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekistonlik bir qator hakamlar mazkur o‘yinlarni boshqarib boradi. Bu haqda O‘FA xabar berdi.

Jumladan, Aziz Asimov va Ruslan Serazetdinov Saudiya Arabistonida bo‘ladigan saralashda ishtirok etadi. Timur Gaynullin Myanmadagi saralash o‘yinlarini boshqarsa, Sherzod Qosimov va Alisher Usmonov Vyetnamdagi uchrashuvlarga hakamlik qiladi. Valentin Kovalenko esa Bahraynda bo‘lib o‘tadigan saralash bahslariga taklif etilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi ham U-23 Osiyo chempionati saralashidan o‘rin olgan bahslarda ishtirok etadi. Saralash o‘yinlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi. O‘zbekistonlik futbolchilarga Hindiston va Tojikiston terma jamoalari raqiblik qiladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-03-2019, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 111) ( 0) ( 109) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют