» » O‘zbekiston terma jamoasi bugun Avstraliyaga qarshi yubiley o‘yinini o‘tkazadi (statistika)

O‘zbekiston terma jamoasi bugun Avstraliyaga qarshi yubiley o‘yinini o‘tkazadi (statistika)


21-yanvar, dushanba kuni Osiyo Kubogi—2019 musobaqasining 1/8 final bahslari doirasida O‘zbekiston terma jamoasi Avstraliyaga qarshi maydonga tushadi. Bu O‘zbekiston uchun rasmiy musobaqalardagi 150-yubiley uchrashuvi bo‘ladi, deb yozadi futbol eksperti Alisher Nikimbayev.

Osiyo qit’asida terma jamoalar uchun Jahon Chempionati va Osiyo Kubogi rasmiy musobaqa hisoblanadi. Boshqa barcha musobaqalar, shu jumladan, Osiyo o‘yinlari va boshqa mintaqaviy chempionatlar deyarli o‘rtoqlik uchrashuvlari maqomida.

O‘zbekiston milliy terma jamoasining 149 ta rasmiy uchrashuvidan 94 tasi Jahon Chempionati saralash bahslariga to‘g‘ri keladi. 28 ta o‘yin Osiyo Kubogi musobaqasi saralash bahslarida o‘tkazilgan bo‘lsa, yana 27 ta o‘yin Osiyo Kubogi final bosqichida bo‘lib o‘tgan.

Uchrashuvlarning umumiy statistikasi esa quyidagicha ko‘rinish olgan:

Osiyo Kubogi saralash uchrashuvlari

Osiyo Kubogi final bosqichi bahslari

Jahon Chempionati saralash o‘yinlari

Qizig‘i, O‘zbekiston terma jamoasi o‘zining 50 va 100-rasmiy uchrashuvlarini Osiyo Kubogi final bosqichida o‘tkazgan.

2004-yil 50-uchrashuvda musobaqaning ilk o‘yinida Iroq terma jamoasi ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozonilgan. 100-rasmiy o‘yin esa 2011-yil Avstraliyaga qarshi o‘tkazilgan. O‘shanda Osiyo Kubogi yarim finalida Avstraliyaga qarshi o‘yinda O‘zbekiston 0:6 hisobida mag‘lub bo‘lgandi.

150-yubiley o‘yin esa Avstraliyadan yirik mag‘lubiyat uchun revansh olishga eng yaxshi imkoniyat. Olg‘a, O‘zbekiston!

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-01-2019, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют