» » Osiyo Kubogi—2019 musobaqasi boshlanishiga 60 kun qoldi

Osiyo Kubogi—2019 musobaqasi boshlanishiga 60 kun qoldi


2019-yilning yanvar oyida Birlashgan Arab Amirliklarida futbol bo‘yicha 17-Osiyo Kubogi bo‘lib o‘tadi. Musobaqa 5-yanvardan 1-fevralga qadar davom etadi. Bugun esa mazkur musobaqa boshlanishiga 60 kun qolganda, O‘FA matbuot xizmati O‘zbekiston terma jamoasining Osiyo Kuboklaridagi ishtiroki haqida ma’lumotlar bilan bo‘lishdi.

Navbatdagi Osiyo Kubogida 24 ta terma jamoa, shu jumladan, O‘zbekiston ham qatnashadi. Osiyo Kubogi BAAning to‘rtta shahrida bo‘lib o‘tadi: Abu-Dabi, Dubay, Al-Ayn va Sharja.

Osiyo Kubogi 1956-yildan boshlab o‘tkazib kelinadi. Musobaqa tarixi davomida quyidagi terma jamoalar Osiyo Kubogini qo‘lga kiritishgan: Janubiy Koreya, Isroil, Eron, Kuvayt, Saudiya Arabistoni, Yaponiya, Iroq va Avstraliya. Osiyo Kubogining amaldagi sohibi Avstraliya terma jamoasi hisoblanadi.

2019-yildagi Osiyo Kubogi O‘zbekiston milliy terma jamoasi uchun hisob bo‘yicha yettinchisi bo‘ladi. Musobaqadagi eng yaxshi natijaga O‘zbekiston 2011-yilda erishgan. O‘shanda terma jamoa 4-o‘rinni qo‘lga kiritgan. Osiyo Kubogidan o‘rin olgan uchrashuvlarda O‘zbekiston MTJ tarkibida eng ko‘p gol kiritgan futbolchi Aleksandr Geynrix hisoblanadi. Uning hisobida jami 6 ta gol bor.

Osiyo Kubogi—2019 musobaqasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi “F” guruhidan o‘rin olgan bo‘lib, guruhda Ummon, Turkmaniston va Yaponiya terma jamoalari o‘rin olgan.

Dastlabki bahsni O‘zbekiston terma jamoasi 9-yanvar kuni Sharja shahrida Ummon terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi. 13-yanvar kuni Dubayda Turkmaniston terma jamoasiga qarshi maydonga tushilsa, guruhdagi so‘nggi o‘yin 17-yanvar kuni Al-Ayn shahrida Yaponiyaga qarshi bo‘lib o‘tadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-11-2018, 18:15)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют