» » Tojikistonning nufuzli hukumat delegatsiyasi Toshkentga tashrif buyurdi

Tojikistonning nufuzli hukumat delegatsiyasi Toshkentga tashrif buyurdi


Tojikiston delegatsiyasi 15-mart kuni Toshkentga Markaziy Osiyo mamlakatlari bosh vazirining o‘rinbosarlari ishtirokida bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo iqtisodiy forumi ishida ishtirok etish uchun yetib kelgan, deya xabar beradi “ASIA-Plus”.

Transport vaziri Xudoyor Hudoyorzoda, sanoat va yangi texnologiyalar vaziri Zarobiddin Fayzullozoda, Davlat mulki qo‘mitasi rahbari Farrux Hamralizoda, turizmni rivojlantirish qo‘mitasi raisi No‘mon Abdug‘afforzoda va bir qator mamlakat vazirlik va idoralari hamda deputatlar kiritilgan Tojikiston delegatsiyasiga Respublika Bosh vazirining o‘rinbosari Mahmadtohir Zokirzoda boshchilik qilmoqda.

Iqtisodiy forum kun tartibida investitsion hamkorlikni kengaytirish, mintaqaviy savdoni rag‘batlantirish, sayyohlikning jozibadorligini oshirish, transport va tranzit salohiyatini oshirish masalalari muhokama qilinadi.

Shuningdek, tadbir doirasida sarmoyaviy, moliyaviy va texnologik hamkorlik, transport infratuzilmasini rivojlantirish, innovatsiyalar kabi mavzularda anjumanlar tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Forum ishida 200 dan ortiq xalqaro tashkilotlar vakillari va mahalliy hukumat rahbarlari, ishbilarmon doiralar vakillari, Markaziy Osiyo mintaqasi ekspert-analitik jamiyati va potensial xorijiy investorlar qatnashadi.

Forum dasturi doirasida “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar zalida tovar ishlab chiqaruvchi mamlakatlar ko‘rgazmasi tashkil etiladi.

Forum yakunlanida O‘zbekiston, Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Turkmaniston bosh vazirlari o‘rinbosarlarining ishchi uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-03-2019, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 109) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют