» » Joriy yilda O‘zbekistonda neft va ko‘mir qazib olish hajmi kamayib bormoqda

Joriy yilda O‘zbekistonda neft va ko‘mir qazib olish hajmi kamayib bormoqda


2019-yilning yanvar-fevral oyida neft qazib olish hajmi kamaygan. Bu haqda Spot xabar berdi.

Tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash korxonalari tomonidan 2019-yilning yanvar-fevral oylarida ishlab chiqarilgan mahsulotlari hajmi 8,1 trillion so‘mni yoki jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining 18,3% ni tashkil etgan.

O‘tgan yilning shu davriga nisbatan tabiiy gaz qazib olish 4,2% ga, va shag‘al — 2,0 m. ga oshgan. Shu bilan birga, ko‘mir qazib olish 25,2 % ga, neft — 5,3% ga, gaz kondensati — 2,5% ga, chaqiq tosh — 29,7% ga pasaygan.

2019-yilnig yanvar-fevral oyida O‘zbekistonda 115 ming tonna neft qazib olingan, bu 2018-yilning shu davriga nisbatan 5% ga kam hiosblanadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ko‘mir qazib olish hajmi ham qisqarib, 539,2 ming tonnani tashkil etgan. O‘tgan yilning shu davrida esa 721 ming tonna ko‘mir qazib olingan.

Tabiiy gaz ishlab chiqarish hajmi esa ortib 10054,7 million kub metrni tashkil etgan, 2018-yilning shu davrida 9649,7 million kub metrni tashkil etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-03-2019, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют