» » Surxondaryo bojxona postida O‘zbekistonga “Tramadol” tabletkalarini olib kirayotgan shaxs qo‘lga tushdi

Surxondaryo bojxona postida O‘zbekistonga “Tramadol” tabletkalarini olib kirayotgan shaxs qo‘lga tushdi


Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari navbatdagi bojxona qonun buzilishi holatiga o‘z vaqtida chek qo‘ydi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Jumladan, “Boldir” temir yo‘l chegara bojxona posti orqali, O‘zbekistonga yo‘lovchi poyezdida kirib kelgan fuqaro H.Z. belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazilgan. Natijada, fuqaroning cho‘ntaklarida bojxona xodimlariga ma’lum qilinmagan, O‘zbekistonda muomalasi cheklangan giyohvand moddalar ro‘yxatiga kiruvchi “Tramadol 50 mg” nomli 20 dona kapsulalar borligi aniqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-03-2019, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют