» » Rossiya Ukrainani Qrim iqtisodiyotini yo‘q qilishda ayblab, kompensatsiya talab qildi

Rossiya Ukrainani Qrim iqtisodiyotini yo‘q qilishda ayblab, kompensatsiya talab qildi


Rossiya Dumasi spikeri Vyacheslav Volodin Ukrainaga Qrim SSSR parchalanib ketganidan so‘ng uning tarkibida qolgani uchun ko‘rgan iqtisodiy zararni qoplash majburiyatini yuklashni taklif qildi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Qayd etilishicha, Volodin Davlat Dumasining tegishli qo‘mitalariga “Ukrainaning vayronkor siyosati sababli Qrim iqtisodi qancha yo‘qotganini” hisoblab chiqishni taklif qilgan.

Uning fikricha, Ukraina Qirimga nisbatan yomon munosabatda bo‘lib, Qrim aholisining tilga bo‘lgan huquq, o‘z ona tilida ta’lim olish kabi asosiy huquqlarini buzgan. Qrim va Sevastopol iqtisodiyotiga zarar yetkazgan.

2018-yilda Gaagadagi Xalqaro arbitraj sudi Rossiyadan yarim orolning RF tarkibiga qo‘shilishi sababli Qrimdagi aktivlaridan mahrum bo‘lgan Ukraina kompaniyalariga kompensatsiya to‘lashni talab qilgan.

Da’vogarlar foydasiga 159 million dollar berilgan. Rossiya sud majlisida ishtirok etmagan, chunki u Xalqaro arbitraj yurisdiksiyasini tan olmaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-03-2019, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют