» » Yevroittifoq Qrimning Rossiyaga qo‘shilishi haqidagi referendum yakunlarini yana tan olmadi

Yevroittifoq Qrimning Rossiyaga qo‘shilishi haqidagi referendum yakunlarini yana tan olmadi


Yevroittifoq Qrim yarim orolining Rossiya tarkibiga kiritilishi haqidagi referendum yakunlarini tan olmaslik siyosatiga sodiqligini yana bir bor tasdiqladi, deb yozadi “Gazeta.ru” Yevroittifoq tomonidan tarqatilgan bayonotga tayanib.

Hujjatda ta’kidlanishicha, tan olmaslik siyosati, shu jumladan, Rossiyaga nisbatan cheklov choralarini ham ko‘zda tutadi. Yevroittifoq, shuningdek, Qrimning qo‘shib olinishini Kerch bo‘g‘ozida “keskinlikning xavfli ravishda o‘sishiga olib kelgan” “xalqaro xavfsizlikka bevosita tahdid” deb atamoqda.

Bundan tashqari, Yevroittifoq BMTga a’zo mamlakatlarni yana bir bor BMT Xavfsizlik kengashi Bosh Assambleyasi rezolyutsiyasiga muvofiq, xuddi shunday tan olmaslik choralarini ko‘rish masalasini ko‘rib chiqishga chaqirdi.

2014-yil martida Qrimda bo‘lib o‘tgan referendum yakunlariga ko‘ra, yarim orol Rossiyaning hududiy qismiga, Sevastopol esa federal ahamiyatga ega shaharga aylangan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-03-2019, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 43) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют