» » Toshkentga yuborilgan pochta jo‘natmalarida psixotrop dori vositalari aniqlandi

Toshkentga yuborilgan pochta jo‘natmalarida psixotrop dori vositalari aniqlandi


Toshkent shahar bojxona boshqarmasining “Bosh pochtampt” bojxona posti xodimlari psixotrop dori vositalari jo‘natmasi bilan bog‘liq qoidabuzarliklarni aniqladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Jumladan, fuqaro S.O‘. nomiga xorijdan yuborilgan pochta jo‘natmasi bojxona nazoratidan o‘tkazilganda bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan 36 dona Rokacet plus nomli inson ruhiyatiga salbiy ta’sir etuvchi psixotrop dori vositalari borligi ma’lum bo‘ldi.

Shunga o‘xshash holatda xorijdan kelgan pochta jo‘natmasida 150 dona Alprazolam ratiopharm nomli psixotrop dori vositaci borligi aniqlandi.

Shuningdek, xorijdan fuqaro Sh.T. nomiga yuborilgan pochta jo‘natmasi ham bojxona nazoratidan o‘tkazilganda bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan 6 turdagi salkam 480 dona dori vositalari hamda psixotrop dori vositalari borligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda ushbu holatlar yuzasidan tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-03-2019, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют