» » O‘zbekistonliklar yanvar — fevral oyida xorijiy avtomobillarga 90,5 mln dollar sarfladi

O‘zbekistonliklar yanvar — fevral oyida xorijiy avtomobillarga 90,5 mln dollar sarfladi


Joriy yilning yanvar—fevral oyida import hajmi 3,3 milliard dollarga (o‘sish sur’ati 30,3%) teng bo‘ldi. Bu haqda Spot xabar berdi.

Import tarkibida eng katta ulush mashina va asbob uskunalar hamda ularning qismlari (42,0%), kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar (12,9%) hamda qora va rangli metallar (7,9%) guruhlari hisobiga to‘g‘ri keldi.

Joriy yilning yanvar—fevral oyida 90,5 million dollarlik yengil avtomobillar import qilindi, bu 2018-yilning shu davriga nisbatan deyarli 4 barobar ko‘pdir.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yuk avtomobillari va maxsus avtomobillar import hajmi ham ortib, 98,7 million dollarni tashkil etdi.

Mashina va asbob-uskunalar asosan Xitoy (416,2 million dollar), Koreya (333,1 million dollar), Rossiya (122,9 million dollar), Turkiya (101,8 million dollar) va Hindistondan (69,4 million dollar) import qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-03-2019, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 32) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют