» » NATO Qrimni Ukraina tarkibiga “qaytarishga” chaqirdi

NATO Qrimni Ukraina tarkibiga “qaytarishga” chaqirdi


NATO Rossiya yarimorolni qo‘shib olishining besh yilligi munosabati bilan Rossiyani Qrimni Ukrainaga qaytarishga chaqirdi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.

NATO Qrimning qo‘shib olinishini “xalqaro huquqlarning jiddiy buzilishi” va “Yevro-Atlantika xavfsizligi”ga tahdid deb hisoblaydi. Bayonot mualliflari NATOning Qrimning Rossiyaga qo‘shilishini tan olmasligini ta’kidladi. “Biz Rossiyani Qrimni Ukrainaga qaytarishga chaqiramiz”, — deyiladi alyans bayonotida.

Avvalroq Bloomberg agentligi “Rossiya besh yil o‘tib badal to‘lamoqda” deb yozgan edi.

2014-yil mart oyida Qrimdagi referendum yakunlariga ko‘ra, yarimorol Rossiyaning hududiy qismiga aylangan va Sevastopol federal ahamiyatga ega shaharga aylantirilgan. Ukraina va ko‘pgina G‘arb davlatlari referendum natijalarini tan olmayapti.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-03-2019, 05:46)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют