» » Luis Suares O‘zbekistonga qarshi o‘ynamaydigan bo‘ldi

Luis Suares O‘zbekistonga qarshi o‘ynamaydigan bo‘ldi


“Barselona” hujumchisi Luis Suares La Liganing 28-turidan o‘rin olgan “Betis”ga qarshi o‘yinda jarohat oldi (4:1).

Urugvaylik oyoq paylarining jiddiy shikastlanishidan qutulib qolgan. Suaresga oyoq to‘qimalari shikastlanishining birinchi darajasi tashxisi qo‘yildi va u 10—15 kun maydonga tusha olmaydi. Bu haqda “Barselona”ning rasmiy saytida xabar berildi.

Shunga ko‘ra, u Urugvay terma jamoasi tarkibiga chaqirilmaydi. U Ispaniyada davolanadi.

Eslatib o‘tamiz, Urugvay terma jamoasi 22-mart, juma kuni Xitoyning Guansi shahrida bo‘lib o‘tadigan “China Cup—2019” musobaqasida O‘zbekistonga qarshi maydonga tushadi. Suares esa o‘z-o‘zidan bu o‘yinda qatnasha olmaydi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-03-2019, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют