» » Jirinovskiy Nazarboyevning prezident lavozimidan ketishini “sharqona hiyla” deb baholadi

Jirinovskiy Nazarboyevning prezident lavozimidan ketishini “sharqona hiyla” deb baholadi


Qozog‘istonda Nursulton Nazarboyev iste’fosidan keyin manfaatdor davlatlar, shu jumladan, AQSh va Xitoy o‘rtasida ta’sirga ega bo‘lish uchun kurash boshlanishi mumkin, deb hisoblaydi LDPR yetakchisi Vladimir Jirinovskiy. Bu haqda “Sputnik” yozdi.

Nazarboyev 19-mart kuni davlat rahbari vakolatini o‘zidan soqit qilish to‘g‘risida qaror qabul qilgani haqida bayonot bilan chiqdi. Qozog‘istonda vaqtinchalik prezident vakolatini bajarish vazifasi Senat spikeri Qosim-Jomart Tokayevga yuklandi.

“Ayni vaqtda Qozog‘istonning kelajagi aksariyat holatda amerikaliklarga bog‘liq. Ular Ukrainadan so‘ng endi bu yerda bizga “yara”ni yuzaga keltirishlari mumkin. U yerda amerikaliklar tayyorlagan odamlar ko‘p. Qozog‘istonda Xitoyning, Yevropaning, islomiylarning, O‘zbekistonning manfaatlari bor. Hozir sulolalar ta’sirga ega bo‘lish uchun urush boshlanishi mumkin. Uyg‘urlar, qashg‘arlar, junganlarni qurollantirish boshlanadi”, — deb yozgan Jirinovskiy o‘zining Telegram’dagi kanalida.

U shuningdek, Nazarboyevning Qozog‘iston prezidenti lavozimidan bu tariqa ketishini “sharqona hiyla”, deya baholadi.

“Bir tomondan qaraganda, hali Nazarboyev tugal ketgani yo‘q. Bu sharqona hiyla: u baribir Milliy xavfsizlik kengashi va hukmron partiyaga rahbarlik qiladi — u bergan signal bilan istalgan bosh vazirni ishdan olishadi, har qanday saylovlarda kerakli nomzod yutib chiqadi. Yangi prezident lavozimini esa uning qarindoshlaridan biri egallaydi; yoki qizi, jiyani yoki yana kimdir — ularning aksariyati katta lavozimlarni egallab bo‘lgan”, — deb yozgan LDPR yetakchisi.

Nazarboyev prezidentlik postini sal kam 29 yil egalladi. U ilk bor 1990-yilning 24-aprelida Qozoq SSSR prezidenti etib saylangan. 1991-yilning dekabrida uni mustaqil davlat rahbari sifatida saylashgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-03-2019, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют