» » Qamashi tumanida 125 yillik chinorlar noqonuniy kesib ketilgani aytilmoqda

Qamashi tumanida 125 yillik chinorlar noqonuniy kesib ketilgani aytilmoqda


Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumanining “Boybo‘ri” mahalla fuqarolar yig‘ini “Boybo‘ri” qishlog‘ida 125 yillik 10 tup chinor daraxti kesib ketilgani aytilmoqda. Bu haqda Qamashi tumanining “Boybo‘ri” qishlog‘ida yashovchi aholi vakillari bergan ma’lumotga tayanib, “Daryo” muxbiri ma’lum qilmoqda. Aholining aytishicha, chinorlarni vodiy viloyatlaridan kelgan 2 ta “Fura” yuk mashinasiga ortib ketishgan.

— Tushdan so‘ng 15:00 da chinorlarni kesishni boshlashib, yarim kechasi soat 3-4 da yuklarni ortib olib ketishdi, — deydi murojaatchi “Daryo” muxbiri bilan muloqotda. – Men o‘sha kuni tuman hokimining shaxsan o‘ziga telefon qilib bu haqda xabar berdim. Ammo e’tiborsiz qoldirishdi.

Murojaatchining ma’lumot berishicha, chinorlarni 15-mart kuni kesishgan. Chinorlar diametri 160–170 santimetrni tashkil qilgani aytilmoqda.

— Chinorlarni bundan 3 kun oldin (Murojaatchi bilan 18-mart kuni suhbatlashilgan) kesib ketishdi, — deydi murojaatchi. — Ulardan nima uchun daraxtlarni kesishayotganini so‘raganimizda, hammasi qonuniy hal etilganini aytishdiyu, ammo daraxtlarni kesishga ruxsat berilgan ruxsatnomasini ko‘rsatisholmadi. Agarda qonuniy bo‘lsa, qayerga va qancha mablag‘ o‘tkazishganini so‘radik. Javob berishmadi.

Aholi vakillarining bildirishicha, chinorlar kesilayotganligi haqidagi xabarga tuman hokimi befarq qaragach, aholi Prezident portaliga ham murojaat qilgan.

— Tuman hokimligi e’tibor bermagach, portalga ham murojaat qildik, — deydi suhbatdoshlar. – Murojaatimizga muvofiq 18-mart kuni viloyat ekologiyadan 3 nafar vakil kelib ketdi. O‘rganishdi, dalolatnoma ham tuzishdi. “Daraxtlarni noqonuniy kesishgan bo‘lsa, javobgarlikka tortamiz”, – deyishdi.

Holat haqida xabar topgach, masalaga oydinlik kiritish maqsadida viloyat ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi bilan bog‘landik. Mas’ullar “Boybo‘ri” qishlog‘ida haqiqatdan ham chinorlar kesib ketilganligini tasdiqladi, ammo kesilgan chinorlar 10 tup emas, 9 tup ekanligini aytishdi.

— Prezident portaliga qilingan murojaat bo‘yicha 18-mart kuni Qamashi tumanining Boybo‘ri qishlog‘ida bo‘ldik, — deydi viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi mas’uli Azizbek Qurbonov. – Haqiqatdan ham yo‘l bo‘yidagi 9 tup ko‘p yillik chinor bundan 3 kun ilgari kesib ketilganligi aniqlandi. Lekin kim, nima maqsadda kesib ketgani hali noma’lum.

Mutaxassis fikriga ko‘ra, chinor daraxti tanasining qalinligi daraxt yoshidan darak berar ekan. Azizbek Qurbonov aholi vakillarining chinor daraxtlari tanasi diametri 160–170 santimetrni tashkil qilar ekan degan gaplarini tasdiqlagan bo‘lsa-da, kesilgan chinorlar yoshi borasida aniq gap aytolmasligini bildirdi.

Murojaatchilar yuborgan rasmlarda bir necha kesilgan daraxtlarning o‘rni aks etgan bo‘lib, ilgari o‘rnida qalin chinorlar bo‘lganligi ko‘rinib turibdi. Surat bilan birga taqdim etilgan videoda ham chinorning qulatilganligi aks etgan bo‘lib, chinor tanasi ancha qalinlikda ekanligi yaqqol seziladi.

Boybo‘ri qishlog‘ida chinorlar kesilgani haqida xabar bergan aholi vakillarining qo‘shimcha qilishicha, bundan avvalroq Chimqo‘rg‘on tomonda ham 20 tup chinor kesib ketilgan.

Murojaatchilarning tuman hokimi murojaatimizga e’tibor bermadi, degan gapidan kelib chiqqan holda, Qamashi tuman hokimi Sherali Sanayevning bu boradagi fikri bilan qiziqdik. Va tuman hokimiga qo‘ng‘iroq qildik. Kim ekanligimiz va nima maqsadda telefon qilganimizni bilgach, hokim tez orada mutaxassislar biz bilan bog‘lanishi va bu borada rasmiy ma’lumot berishini bildirdi.

Birozdan so‘ng “Daryo” muxbiriga qo‘ng‘iroq qilgan Qamashi tuman ekologiya va atrof muhitni muhafaza qilish bo‘limi boshlig‘i Nasibali Namozov chinorlar haqiqatdan ham qonuniy tartibda kesilganligini aytib, 19-mart kuni soat 9:00 da tegishli hujjatlarni taqdim etishini bildirdi. Ammo aytilgan muddatdan 24 soatdan ortiqroq vaqt o‘tib ketgan bo‘lsa-da na tuman hokimligidan na Nasibali Namozovdan darak bo‘ldi.

O‘ylaymizki, tez orada mutasaddilar ochiq qolayotgan savollarga javob berishadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-03-2019, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют