» » Deputat Nuriddin Zaynitdinov: 1 kub metr chinorni 800-1000 dollarga pullayotgan vijdonsizlar, ularga panoh bo‘layotgan mansabdorlar, qachon insofga kelasiz?

Deputat Nuriddin Zaynitdinov: 1 kub metr chinorni 800-1000 dollarga pullayotgan vijdonsizlar, ularga panoh bo‘layotgan mansabdorlar, qachon insofga kelasiz?


Xalq deputatlari Uchtepa tuman kengashi deputati Nuriddin Zaynitdinov Facebook‘dagi sahifasida Toshkent shahrida daraxtlar, xususan, chinorlar kesib, pullanayotganiga munosabat bildirdi.

“Bu vahshiylik ko‘p ko‘tarildi va gapirildi. Lekin faqat va’dalar va quruq gaplar bo‘ldi. 200 yillik chinorni kesib 46 million so‘m jarima to‘latish, menimcha kulgili holat. 200 yillik chinor nimalarni ko‘rmagan?

Oxirgi 100 yilda ham bunchalik daraxtlar kesib tashlanmagan.

1 kub myetr chinorni 800-1000 dollarga pullayotgan vijdonsiz, manqurt yurtdoshlarimiz va ularga panohkor bo‘lgan mansabdorlar-u, ulardan mebel tayyorlab sotayotgan insofsiz tadbirkorlar, ularni mebelini sotib olib, hashamatli uyini bezatayotgan boylarimiz... Qachon insofga kelasizlar? Butun chinorlar-u daraxtlarni bitta qo‘ymay qirib, yo‘q qilib, sotib yubormaguningizgachami?!

Bu daraxtlarni, chinorlarni siz ekmagansiz-ku, tagiga bir chelak suv quymagansiz-ku? Sizda na ma’naviy va moddiy huquq yo‘q daraxtlarni taqdirini hal etishga, kesishga, pullashga”, deya ta’kidlagan Nuriddin Zaynitdinov.

Unga ko‘ra, daraxtlarni noqonuniy kesganlik uchun jazo choralarini kuchaytirish va nazorat tizimini mustahkamlash zarur.

“Chinorlarni va boshqa daraxtlarni kesganlik yoki nobud qilganlik uchun 15 yilgacha qamoq jazosini, 1000 dona daraxt ko‘chatini ekish, 1 yilga cho‘lga saksovul ekish majburiy jazosini berish kerak.

Jazoni kuchaytirish, lozim bo‘lsa, prokuratura tizimida maxsus inspeksiya tuzilsa, shu masala bilan shug‘ullansa maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Bu masalada O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston ekologik harakatining olib borayotgan faoliyati umuman talabga javob bermaydi. Shuncha minglab daraxtlarning nobud qilinishiga shu ikki tashkilot vakillari vijdonan javob berishlari lozim”, deb yozgan deputat.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-07-2018, 08:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 94) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют