» » Toshkentda ikki tup chinorni kesgani uchun jinoiy ish qo‘zg‘atilgan ikki fuqaro aybsiz deb topildi

Toshkentda ikki tup chinorni kesgani uchun jinoiy ish qo‘zg‘atilgan ikki fuqaro aybsiz deb topildi


Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahrining Yashnobod tumani sudida Dilorom Dodamatova va Farhod Avezovga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Dastlabki tergov organi tomonidan uch nafar farzandning onasi Dilorom Dodamatova va Farhod Avezov Jinoyat kodeksining 198-moddasining 2-qismi bilan bilan ayblangan.

Bunga ularning Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek qo‘rg‘onida 16-uyning oldidagi ikkita chinor daraxtini tegishli ruxsatsiz kesib, o‘simliklar dunyosiga ko‘p miqdorda moddiy zarar yetkazgani hamda yana bir tup daraxtni kesishga harakat qilgani sabab bo‘lgan.

Ayblovga Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining ikki chinorni noqonuniy kesish oqibatida 38 million 417 ming so‘mlik moddiy zarar yetkazilgani, agarda yana bir chinor kesilganda 14,8 million so‘mlik moddiy zarar yetkazilishi mumkinligi haqidagi xulosasi asos bo‘lgan.

Sudlanuvchi Dodamatova ko‘p qavatli uyda uy boshlig‘i bo‘lgani uchun Avezov unga murojaat qilib, ikki chinor o‘sib, kanalizatsiya quvurini ko‘tarib yuborgani uchun uni kesishni so‘ragan. Uy boshlig‘i rozi bo‘lgach, chinorlar kesilgan. Buning evaziga olingan 500 ming so‘m pul mahallada Navro‘z bayramida halim qilish uchun ishlatilgan.

Sud jarayonida ayblanuvchilar daraxtni besabab kesmaganliklari, lekin shunga qaramay bundan pushaymon ekanliklarini bildirdi. Ammo ular boshqa yana bir daraxtni kesishga harakat qilmagani, unda hosil bo‘lgan kesilganga o‘xshagan izlar bir necha yil avval kir yoyish maqsadida bog‘langan sim tufayli hosil bo‘lganini ma’lum qildi.

Sudlanuvchilarning vajlarini tekshirish maqsadida sud ishni sayyor sud tartibida joyiga chiqib, atroflicha ko‘rib chiqdi.

Sudda guvohlar uy oldidagi kesilgan chinorlar ko‘p qavatli uy suvoqava quvurlarini bekitib qo‘ygani sababli kesilgani, bunga shu uyda yashovchilarning hech biri qarshi bo‘lmagani, yana bir daraxtda hosil bo‘lgan izlar 20 yil oldin kir quritish maqsadida bog‘langan sim tufayli hosil bo‘lganini tasdiqladi.

Sud tarkibi va taraflar kesilishga harakat bo‘lgan, deb hisoblanayotgan daraxt diqqat bilan ko‘zdan kechirildi. Haqiqatan ham daraxtdagi izlar unga bog‘langan temir sim tufayli hosil bo‘lgani, simning ma’lum qismi hozir ham chiqib turgani, boshqa izlar yo‘qligi aniqlandi.

Bu holat sudlanuvchilarning ushbu daraxt kesilmagani va sudlanuvchilarga tergov organi tomonidan bu ayb taxminlarga asoslangan holda e’lon qilinganini ko‘rsatdi.

Qonunga zid ravishda ikki tup daraxtni kesishdan kelgan moddiy zarar summasi ko‘p miqdor bo‘lmasligi sababli bu holat Jinoyat kodeksining 198-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyat tarkibini tashkil etmaydi.

Sud barcha dalillarni to‘la va xolisona tekshirib sudlanuvchilarni aybsiz, deb topish, ya’ni oqlash hamda reabilitatsiya qilish haqida hukm chiqardi.

Shu bilan birga, sud Dilorom Dodametova va Farhod Avezovlarni ma’muriy javobgarlikka tortish hamda yetkazilgan moddiy zararni undirish uchun tegishli hujjatlarni Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasiga yubordi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-03-2018, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 104) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют