» » O‘zbekistonda 9 ta bankning valyuta birjasi savdolaridagi ishtiroki to‘xtatib qo‘yildi

O‘zbekistonda 9 ta bankning valyuta birjasi savdolaridagi ishtiroki to‘xtatib qo‘yildi


Valyuta birjasi (O‘zRVB) savdolarida yo‘l qo‘yilgan muntazam qoidabuzarliklar sababli bir qator tijorat banklarining savdolardagi ishtiroki vaziyat aniqlashtirib olinguniga qadar vaqtinchalik to‘xtatildi. Bu haqda O‘zbekiston Markaziy banki ma’lum qilmoqda.

Qayd qilinishicha, bunday banklar soni 9 tani tashkil qilmoqda: Hamkorbank, Turkiston bank, Hi-Tech bank, Universal bank, Invest finans bank, Ipak Yo‘li Bank, Savdogarbank, Trast bank, Aziya Alyans bank.

Valyutani tartibga solish sohasidagi qonunchilikni buzgani uchun mazkur banklarga nisbatan 2018-yil va 2019-yilning o‘tgan davrida 31 holatda jami 2,5 mlrd so‘m miqdorida jarima sanksiyalari qo‘llanilgan.

Shu bilan birga, tijorat banklari xorijiy valyuta oldi-sotdi amaliyotlarini birjadan tashqari valyuta bozorida amalga oshirish huquqini saqlab qoladi.

Bank mijozlari tijorat banki chet el valyutasini xarid qilish va sotishni rad etgan hollarda Markaziy bankning Bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish xizmatiga murojaat etishlari mumkin. Markaziy bank banklar o‘z vazifa va majburiyatlarini, shu jumladan mijozlarga yetkazilgan zararni qoplashini ta’minlashni ko‘zda tutuvchi choralarni ko‘rib boradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-03-2019, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 46) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют