» » DXX chegara qo‘shinlari tomonidan tovar-moddiy boyliklarning yirik partiyasi to‘xtatib qolindi

DXX chegara qo‘shinlari tomonidan tovar-moddiy boyliklarning yirik partiyasi to‘xtatib qolindi


Davlat xavfsizligi xizmatining chegara qo‘shinlari vakillari umumiy miqdori 90 million so‘mga teng ondatra terisining yirik partiyasini davlat chegarasidan noqonuniy olib o‘tilishiga urinishga chek qo‘ydi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Joriy yil 10-mart kuni “Zangiota-avtomobil yo‘l” nazorat-o‘tish punktida ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. Ularning qo‘llarida ikkita chemodan yuk bo‘lgan.

Qo‘lga olinganlarning yuklari tekshirilganda, qonunbuzarlar davlat chegarasidan noqonuniy ravishda olib o‘tmoqchi bo‘lgan 1505 ta presslangan ondatra terisi borligi aniqlangan.

Qo‘lga olingan tovar va shaxslarga nisbatan qonunchilik doirasida chora ko‘rildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-03-2019, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют