» » Kaliforniya sudi AQShda mashhur bo‘lgan gerbitsid vositasi saraton kasalligini keltirib chiqaradi deb topdi

Kaliforniya sudi AQShda mashhur bo‘lgan gerbitsid vositasi saraton kasalligini keltirib chiqaradi deb topdi


San-Fransisko sudlov hay’ati Bayer kompaniyasining yovvoyi o‘tlarga qarshi Roundup vositasi odamda onkologik kasalliklar keltirib chiqaradi, deb tan oldi. Bu haqda ForumDaily xabar berdi.

Kompaniya ushbu vosita ishlab chiqaruvchi Monsanto’ni 2018-yilda 63 milliard dollarga sotib olgan. Nemis kompaniyasi Roundup’da mavjud bo‘lgan glifosat, gerbitsid saraton kasalligiga sabab bo‘lishi mumkinligini rad etgan.

Xabarda aytilishicha, sudlov hay’ati Bayer haqiqatan ham aybdorligi va kompaniya tomonidan qancha miqdorda zarar yetkazilganini hozircha aniqlamagan.

Da’vo arizasi limfa tizimlari saratoni tashxisi qo‘yilgan Edvin Xardmen tomonidan berilgan.

Keyingi sud majlisida dalillar, xususan, kompaniyaning jamoatchilik fikrini manipulyatsiya qilish uchun foydalanilgan elektron xatlar ko‘rib chiqiladi.

Xabarda aytilishicha, bu Bayer ishtirok etayotgan gerbitsidlarga qarshi ikkinchi sud ishi. 2018-yil yozida kompaniyaga sobiq maktab bog‘boni Duyeyg Jonsonga 289 million dollar to‘lash majburiyati yuklatilgan. Unda ham Xardmendagi kabi kasallik topilgan. Keyinchalik kompensatsiya miqdori 75 million dollarga tushirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-03-2019, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют