» » Pokistonlik muftiy Taqiy Usmoniyga suiqasd uyushtirildi

Pokistonlik muftiy Taqiy Usmoniyga suiqasd uyushtirildi


Bugun, 22-mart kuni Pokistonning Karachi shahrida taniqli ulamo, muftiy Muhammad Taqiy Usmoniyga suiqasd uyushtirildi. Bu haqda mahalliy OAVlarga tayanib, “Azon.uz” xabar bermoqda.

Noma’lum shaxslar hazrat muftiy va u kishining tansoqchilari ketayotgan avtomobillarga qarata o‘t ochgan. Hujum natijasida ikki tansoqchi vafot etgan, yana bir kishi – Mavlono Amir og‘ir yaralangani aytilmoqda. Muftiyning o‘zi va mashinada birga ketayotgan nabirasi jarohatlanmagan. Muftiyning ayoli yaralangani haqidagi xabar tekshirilmoqda.

Muhammad Taqiy Usmoniy 1943-yilda Hindistonning Devband shahrida tavallud topgan, Karachi shahridagi Doril Ulum Islom universiteti prorektor bo‘lib ishlab kelmoqda. Dunyoning eng nufuzli 500 musulmonlari ro‘yxatiga kiritilgan.

Muftiy joriy yilning 7—13-aprel kunlari Moskvadagi Oliy iqtisodiyot maktabida Islom iqtisodiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyada ishtirok etishi rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-03-2019, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют