» » Muftiy Usmonxon Alimov Parijdagi Xalqaro musulmonlar forumida nutq so‘zladi

Muftiy Usmonxon Alimov Parijdagi Xalqaro musulmonlar forumida nutq so‘zladi


Parij shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro musulmonlar forumida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari ma’ruza bilan ishtirok etdi. Bu haqda O‘zMI matbuot xizmati xabar bermoqda.

Muftiy hazratlari bugungi globallashuv jarayonlari o‘zining salbiy jihatlarini ham namoyon etayotgani, ayniqsa, axborot xuruji yosh avlodga kuchli ta’sir etayotgani, yoshlar orasida huquqbuzarlik, jinoyatchilik o‘sib borayotgani va bularga qarshi o‘z vaqtida chora-tadbirlar qo‘llash zarurligini alohida qayd etdi.

Bunday muammolarni bartaraf etishda, eng avvalo, kelajak avlodni din-u diyonatli, imon-e’tiqodli, savob va gunohni farqlaydigan qilib tarbiyalash, bu borada ulamolar, din peshvolari, ta’lim-tarbiya ishiga mutasaddi bo‘lgan har bir kishining oldida turgan dolzarb vaziflarni muftiy hazratlari ta’kidladi.

Dunyoning ko‘p mintaqalarida musulmonlardan hadiksirash, islomofobiya holatlari kuzatilayotganining eng asosiy sabablaridan biri Islom dinining asl mohiyatidan bexabarlik ekanini ochiqladi.

Muftiy hazratlari hozirgi murakkab davrda ayrim kuchlar musulmonlar o‘rtasida tarafkashlik keltirib chiqarishga urinayotgan shunday pallada bunday qarashlarga imkon bermaslik, keskin qarshi kurashish uchun mo‘min-musulmonlar o‘zaro hamjihat bo‘lib yashashlari zarurligini atroflicha bayon etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-12-2018, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют