» » Toshkentda “Navro‘z sadolari” xalqaro festivali bo‘lib o‘tadi

Toshkentda “Navro‘z sadolari” xalqaro festivali bo‘lib o‘tadi


23—25-mart kunlari O‘zbekiston davlat konservatoriyasida “Navro‘z sadolari” milliy cholg‘ular ko‘p ovozli ansambl va orkestrlari V xalqaro festivali bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Maktabgacha ta’lim vazirligi matbuot xizmatiga tayanib, O‘zA xabar berdi.

Festival o‘zbek musiqa madaniyatini yuksak darajaga ko‘tarish, iqtidorli yoshlarni kashf etish va ular ijodini targ‘ib etish maqsadida tashkil etilmoqda.

Festival ikki guruh: 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan MTM tarbiyalanuvchilari va 7 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar, san’at maktablari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladi.

Unda O‘zbekistonning barcha hududlaridagi maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarining eng iqtidorli yosh ijodkorlari ishtirok etadi.

Tojikiston, Qirg‘iziston va Qozog‘istondan iqtidorli yoshlar ham taklif etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-03-2019, 08:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 40) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют