» » Ozbekistonda Salomatlik sari qadam kuni ommaviy tadbirlari otkazildi

Ozbekistonda Salomatlik sari qadam kuni ommaviy tadbirlari otkazildi


Sogliqni saqlash vazirligi tomonidan tashkil etilgan bu galgi respublika ommaviy tadbiri Salomatlik sari qadam kuni deb nomlandi. Bu haqda Daryoga vazirlik jamoatchilik bilan aloqalar bolimi malum qildi.

Aholining soglom turmush tarziga amal qilishini qollab-quvvatlash hamda jismoniy faollikka chorlashni maqsad qilingan mazkur tadbir barcha tuman va shaharlardagi istirohat boglarida otkazildi. Musobaqalarda hududda joylashgan tibbiyot muassasalari, mahalla fuqarolar yiginlari, korxona va tashkilotlardan kelgan jamoalar ishtirok etdi.

Toshkentdagi Bobur nomidagi markaziy ekobogda jam bolgan Sogliqni saqlash vazirligi markaziy apparati hamda boshqa hamkor davlat va jamoat tashkilotlari vakillarining ommaviy ravishda 4 kilometrga yurishi bilan Salomatlik sari qadam kuniga start berildi.

Shuningdek, har bir muassasa jamoalari shaxmat, shashka, yugurish, estafeta, arqonda sakrash, badminton, stol tennisi, sport yurishi, tosiqlardan otish estafetasi hamda xalqa aylantirish boyicha ozaro bellashdi.

Ushbu sport turlaridagi musobaqalarda qatnashish mantiqan fikrlash, xotira va diqqatni charxlaydi, bogimlarning harakatchanligi yaxshilanib, kuch, tezlik, chidamlilik va qobiliyatni tarbiyalaydi. Bundan tashqari, yuqori yelka kamari, oyoq-qollar mushaklari ishi faollashib, organizmning hamma azolari va tizimlari ishi ragbatlantiriladi.

Bugungi kunda insonlarda kamharakatlilik oqibatida yuzaga kelayotgan turli kasalliklar dunyo miqyosida global muammoga aylangan. Kamharakatli hayot tarzi shu tariqa davom etsa, kelgusida bemorlar tibbiyot tizimidagi barcha statsionar shifoxonalarga ham sigmay qolishi mumkin. Bu nafaqat jamiyat uchun, balki har bir shaxsning ozi uchun ham jiddiy tashvish, deydi Sogliqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov. Shu bois soglom turmush tarziga amal qilish yuqoridagi kabi global muammolarga yechim boladi. Prezident tibbiyot xodimlari oldiga kasallikni emas, avvalo, uning profilaktikasiga etibor qaratishni muhim vazifa sifatida qoyayotgani ham bejiz emas. Shuning uchun vazirligimiz ushbu yonalishdagi targibot ishlariga alohida etibor qaratib, bu borada ommaviy tadbirlarni muntazam otkazib kelmoqda. Bu esa aholining jismoniy faollikka bolgan qiziqishini oshirib, oz salomatligiga etiborli bolishida muhim orin tutmoqda. Bugungi tadbirni ham bejizga yurish bilan boshlamadik. Muntazam yurish qon bosimini meyorda ushlaydi, xotirjamlik baxsh etadi. Masalan, toza havoda, hatto, yomgirli kunda ham atigi 25 daqiqa sayr qilsangiz, ozingizni baxtli his qilasiz, tushkunlikni yengasiz.

Ommaviy tadbir doirasida aholining salomatlik holatini baholash, noinfeksion kasalliklarni keltirib chiqaruvchi xavf omillarini aniqlash hamda ularning profilaktikasi boyicha tegishli maslahatlarni berish maqsadida vazirlik tomonidan Salomatlik maydonchalari tashkil qilindi. Shuningdek, mutaxassislar tomonidan Soglom turmush tarzi asoslari, Soglom ovqatlanish tamoyillari, Jismoniy faollikning inson organizmiga tasiri mavzularida suhbatlar tashkil etilgani aholining soglom turmush tarziga bolgan qiziqishini oshirdi.

Sogliqni saqlash vazirligi tomonidan uyushtirilgan mazkur ommaviy tadbir Ozbekiston boylab kotarinki ruhda tashkil etildi. Kelgusi shanba, 30-mart kuni vazirlik tomonidan mamlakat hududlarida Velosipedda sayr kuni otkaziladi.



Manba: Daryo.uz
: admin (23-03-2019, 14:59)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 32) ( 0) ( 30) ( 2)
:
-
:
20 ... -