» » O‘zbekistondagi har bir mahallada “Salomatlik maktabi” tashkil etiladi

O‘zbekistondagi har bir mahallada “Salomatlik maktabi” tashkil etiladi


Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan barcha mahallalarda sog‘lom turmush tarzini mutlaqo yangicha tartib va ta’sirchan usullarda targ‘ib qiluvchi “Salomatlik maktablari” tashkil etilmoqda, deb xabar beradi vazirlik axborot xizmati.

“Mazkur maktablar Sog‘liqni saqlash vazirligi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi, xalq ta’limi, maktabgacha ta’lim vazirliklari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim markazining “Aholini maqsadli patronaj bilan qamrab olish, ularda tibbiy madaniyatni shakllantirish hamda oila va ta’lim muassasalarida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish to‘g‘risida”gi qo‘shma qarori ijrosi doirasida shakllantirilmoqda. Shu bois, ushbu maktablar faoliyatiga sog‘liqni saqlash vazirligi bilan bir qatorda yuqoridagi tashkilotlar ham mas’ul etib belgilandi”, — deyiladi xabarda.

Hozirda sog‘liqni saqlash vazirligi “Salomatlik maktablari” faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha yo‘riqnoma ishlab chiqdi. Shuningdek, bu yo‘nalishda amalga oshirilishi rejalashtirilgan targ‘ibot tadbirlar dasturi tayyorlandi.

“Salomatlik maktablari” har bir mahallada jamoatchilik asosida faoliyat yuritadi. QVPlar, qishloq va shaharlardagi oilaviy poliklinikalarning umumiy amaliyot vrachlari, patronaj hamshiralar, mahalla faollari, ta’lim muassasalarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ul xodimlari, jismoniy tarbiya o‘qituvchilari, ta’lim muassasalari shifokorlari hamkorlikda mazkur jamoat tuzilmasiga birlashib, oilalarda, aholi orasida, ta’lim muassasalarida o‘quvchi yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-02-2018, 14:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 118) ( 0) ( 115) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют