» » 17 yil olimlarga tinchlik bermagan sirli signal mikroto‘lqinli pechdan chiqqani ma’lum bo‘ldi

17 yil olimlarga tinchlik bermagan sirli signal mikroto‘lqinli pechdan chiqqani ma’lum bo‘ldi


1998-yil avstraliyalik astronomlar Parksda teleskop yordamida “periton” deb nomlangan dastlabki sirli signallarni qabul qilgan. 17 yil o‘tgach, uning manbasi hech qanday chaqmoq yoki o‘zga sayyoraliklar emas, balki rasadxona xodimlari ovqatini isitadigan mikroto‘lqinli pech ekani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda National Geographic xabar berdi.

Birinchi shubha 2015-yil yanvar oyida olimlar yangi uzatuvchi yordamida signal chastotasini aniqlaganda paydo bo‘lgan. U chastota 2,4 gigagerts bo‘lib, mikroto‘lqinli pech (shuningdek, bir qator elektron qurilmalar, masalan, Wi-Fi modul, 4G modem) ishlaydigan chastotaga muvofiq bo‘lgan.

O‘tkazilgan sinovlar toki kimdir hali oxirigacha isib bo‘lmagan ovqatni olish uchun mikroto‘lqinli pechni eshigini ochmagunicha, uning chastotasi peritonlar bilan mos ekanini ko‘rsatmagan.

Aynan mana shu paytda navbatdagi signal yuzaga kelgan. Avstraliya ilmiy markazi boshlig‘i Saymon Jonstonning aytishicha, peritonlar asosan kunduzi yuzaga kelgan. Buning sababi esa aniq: kechqurun rasadaxona xodimlaridan hech biri ish joyida bo‘lmaydi.

Bunday hududlarni qurish uchun mobil aloqa va Wi-Fi signallari bilan qamrab olingan hudud hamda radiostansiyadan uzoqroq joy tanlanadi.

Bunday hududlarga kirishda simsiz radio yoki modem bilan kirishga faqatgina boshliqni xabardor qilgach, ruxsat beriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-03-2019, 13:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 91) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют