» » O‘zbekistonda kelasi hafta qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekistonda kelasi hafta qanday ob-havo kuzatiladi?


Respublika Gidrometeorologiya markazi 26—29-mart uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, 26—27-mart kunlari yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lish ehtimoli bor. 28—29-mart kunlari esa yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini sharqqa o‘zgartirib 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 26-martda kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi. 27-mart kechasi 5-10 , kunduzi 10-15, 28—29-mart kunlari kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 15-20 darajagacha ko‘tariladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 26—27-mart kunlari ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 28—29-martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12, kunduzi 15-20 daraja iliq, 28-mart kuni esa 13-18 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 26—29-mart kunlari ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12, 26-martda kunduzi 19-24 daraja iliq, 27-martda 15-20 daraja iliq, 28—29-martda 13-18 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 26—29-martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 9-14, kunduzi 26-martda 20-25 daraja iliq, 27-martda 18-23 daraja iliq, 28-martda 15-20 daraja iliq, 29-martda 17-22 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatarida havo o‘zgarib turadi, 26-mart kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi, 27—29-martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, Momaqaldiroq paytida 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12, kunduzi 26 martda 17-22, 27—29-martda 13-18 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘ladi.G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 26-martda kechasi 0-5, kunduzi 10-15 daraja iliq, 27—29-mart kunlari kechasi 2-7, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-03-2019, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют