» » Eronda suv toshqini oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi

Eronda suv toshqini oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi


Eronning Sheroz shahrida suv toshqini natijasida kamida 17 kishi halok bo‘ldi va 74 kishi jarohatlandi. Bu haqda 25-mart, dushanba kuni, mamlakatning Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i Pirxoseyn Kulivandga tayanib, “Korrespondent.net” xabar qildi.

Eslatib o‘tamiz, to‘xtovsiz yomg‘irlar yog‘ishi oqibatida Sherozning turli joylarida suv toshqinlari yuzaga kelgan. Krizis holatlari xizmati rahbari Ismail Najar, yakshanba kuni tunda boshlangan kuchli yog‘ingarchilik tufayli mamlakatning 25 ta tumanida suv toshqini yuzaga kelganini aytdi.

Shuningdek, Afrikaning janubi-sharqida yuz bergan tabiat hodisasi — Iday tropik siklonlari fojiali oqibatlarga olib keldi. Mozambikda 417 kishi, Zimbabveda 259 kishi, Malavida esa 56 kishi halok bo‘ldi.

Sharqiy Indoneziyada suv toshqini va ko‘chkilar natijasida 89 kishi halok bo‘lgan, 150 dan ortiq odam yaralangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-03-2019, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют