» » Andijonlik amaldorlar o‘zlari o‘qigan maktablarga kitoblar hadya qilmoqda

Andijonlik amaldorlar o‘zlari o‘qigan maktablarga kitoblar hadya qilmoqda


Andijon viloyatidagi ta’lim, sog‘liqni saqlash maskanlari, korxona va tashkilot rahbarlari o‘zlari tahsil olgan maktab kutubxonalariga badiiy adabiyotlar sovg‘a qilishmoqda. Bu haqda “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonov xabar bermoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 19-mart kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida davlat rahbari aholi, ayniqsa, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish masalalasiga to‘xtalib, “Har bir rahbar o‘zining shaxsiy kutubxonasidan o‘zi ta’lim olgan maktab kutubxonasiga kitoblar sovg‘a qilsa, bu yaxshi tashabbus bo‘lib, kitobxonlikni rivojlantirish bilan farzandlarimiz tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi”,  — deya ta’kidlagan edi.

Andijonlik amaldorlar ham Prezident tashabbusini qo‘llab-quvvatlab, o‘zi tahsil olgan ta’lim muassasasi kutubxonasiga shaxsiy kitob javonidan kitoblar tuhfa etmoqda.

Andijon davlat tibbiyot instituti rektori Madamin Madazimov Andijon shahridagi 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurdi va muassasa axborot-resurs markaziga 25 dona badiiy kitoblarni taqdim etdi. Rektor o‘quvchilar bilan kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyati borasida shaxsiy fikr-mulohazalari, hayotiy xulosalarini o‘rtoqlashdi.

Viloyat “Ona va bola skrining” markazi direktori Ra’noxon Sattarova Jalaquduq tumanidagi 4-maktabda bo‘lib, 115 dona turli adabiyotlarni taqdim etdi.

O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Andijon viloyati Kengashi raisi Oybek Yo‘ldoshev ham unga ilk saboqni berib, katta hayotga uchirma qilgan qadrdon maskani — Andijon shahridagi 35-sonli davlat ixtisoslashtirilgan maktabda bo‘ldi. U muassasa kutubxonasi uchun 25 dona kitobni sovg‘a qildi.

Viloyat rahbarlarining xayrli tashabbusdagi faolligi davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-03-2019, 23:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 57) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют