» » Abdulla Aripov Jarqo‘rg‘ondagi maktabga o‘z shaxsiy kutubxonasidan kitoblar sovg‘a qildi

Abdulla Aripov Jarqo‘rg‘ondagi maktabga o‘z shaxsiy kutubxonasidan kitoblar sovg‘a qildi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 19-mart kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kitobxonlikni targ‘ib qilish masalalari atroflicha muhokama qilindi, deb xabar berdi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi matbuot xizmati.

Yig‘ilishda davlat rahbari aholi, ayniqsa, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish masalalasiga to‘xtalar ekan “Har bir rahbar o‘zining shaxsiy kutubxonasidan o‘zi ta’lim olgan maktab kutubxonasiga kitoblar sovg‘a qilsa, bu yaxshi tashabbus bo‘lib kitobxonlikni rivojlantirish bilan farzandlarimiz tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi”, deb ta’kidladi.

Haqiqatdan ham, o‘sib-unib kelayotgan yigit-qizlar jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan, ma’lum bir yutuqlarga erishgan kishilarga havas qiladi, ularga o‘xshashga intiladi, ortidan ergashadi. Ular tomonidan sovg‘a qilingan kitoblar albatta o‘qiladi, asrab-avaylanadi, qadrli sovg‘a sanaladi.

Prezident tashabbusi o‘laroq O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Abdulla Aripov Surxondaryo viloyatiga safari davomida viloyatning Jarqo‘rg‘on tumani Kakaydi qo‘rg‘onidagi 5-maktabda bo‘lib, maktab kutubxonasiga o‘z shaxsiy kutubxonasidan kitoblar sovg‘a qildi.

Ushbu kitoblar maktab o‘quvchilari yanada chuqur bilim olishi, dunyoqarashini kengaytirishi, ma’naviyatini rivojlantirishga katta hissa qo‘shadi, albatta.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-03-2019, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют