» » O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi Shumanaydagi yangi kitob do‘koniga bir necha million so‘mlik kitoblar sovg‘a qildi

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi Shumanaydagi yangi kitob do‘koniga bir necha million so‘mlik kitoblar sovg‘a qildi


Shavkat Mirziyoyev shu yil 20–21-yanvar kunlari Qoraqalpog‘istonga qilgan safari chog‘ida Shumanay tumani aholisi bilan uchrashib, ushbu hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va turmush darajasini yuksaltirish bo‘yicha aniq vazifalarni belgilab bergan edi. Muloqotda yosh tadbirkor Seydabulla Medetov tomonidan yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirishga hissa qo‘shish maqsadida kitob sotishga ixtisoslashgan markaz tashkil etishga yer ajratish yuzasidan taklif bildirgandi. Davlat rahbari tomonidan uning tashabbusini qo‘llab-quvvatlagan holda shu kunning o‘zida nafaqat yer ajratildi, balki majmuani qurish uchun homiylik asosida 500 million so‘m mablag‘ ham berildi. Bu haqda “Daryo”ga O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi ma’lum qildi.

Bugungi kunda tadbirkor tomonidan ikki qavatli, umumiy maydoni 600 kvadrat metr bo‘lgan zamonaviy majmua qurib bitkazildi va foydalanishga topshirilishi arafasida.

Shu munosabat bilan 8-avgust kuni O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi bosh direktori Laziz Tangriyev “Shumanay kitoblar olami” xususiy korxonasi rahbari Seydabulla Medetovni qabul qildi. Uchrashuvda tadbirkorga tizimdagi nashriyotlar tomonidan nashr etilgan bir necha million so‘mlik kitoblar ajratildi hamda sara adabiyot va devonxona mollarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib berishga kelishildi.

Tez kunlarda “Shumanay kitoblar olami” majmuasi ochilishi kutilmoqda.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (8-08-2017, 21:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 85) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют