» » Xitoyning dunyodagi eng ulkan teleskopi tekin tashrif buyurish uchun ochildi

Xitoyning dunyodagi eng ulkan teleskopi tekin tashrif buyurish uchun ochildi


Xitoyning dunyodagi eng ulkan teleskopi FAST (Five hundred meter Aperture Spherical radio Telescope) tekin tashrif buyurish uchun ochildi. Bu haqda Peoples Daily gazetasi ma’lum qildi, deb yozadi “RBK”.

Nashrning ta’kidlashicha, har kuni radioteleskopga ko‘pi bilan ikki ming kishi tashrif buyurishi mumkin. FAST dunyodagi eng sezgir radioteleskop hisoblanadi.

Muhandislarning so‘zlariga qaraganda, qurilma shunchalik sezgirki, Oyda foydalanilayotgan mobil telefon signalini tutishga qodir. Shu sababdan FAST ish jarayoniga begona signallar xalaqit bermasligi uchun barcha tashrif buyuruvchilar elektron qurilmalari, jumladan, mobil telefon va raqamli kameralarini qo‘riqlash xonasida qoldirishlari talab etiladi.

Teleskop 2016-yilning 25-sentabrida Xitoy janubi-g‘arbidagi Guychjou provinsiyasida foydalanishga topshirilgan.

FAST maydoni 30 futbol maydoniga teng bo‘lib, uning qiymati 180 million dollarni tashkil etadi.

Опубликовано: admin (13-03-2017, 15:29)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 80) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют