» » Energetika vaziri Alisher Sultonov o‘zi o‘qigan maktabga kitoblar sovg‘a qildi (foto)

Energetika vaziri Alisher Sultonov o‘zi o‘qigan maktabga kitoblar sovg‘a qildi (foto)


O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi, Energetika vaziri Alisher Sultonov bugun, 26-mart kuni Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi o‘zi ta’lim olgan 180-umumta’lim o‘rta maktabiga tashrif buyurib, maktab kutubxonasiga shaxsiy kitoblaridan sovg‘a qildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 19-mart kuni yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, ularni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazgan edi.

Yig‘ilishda davlat rahbari aholi, ayniqsa, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish masalasiga to‘xtalar ekan, “Har bir rahbar o‘zining shaxsiy kutubxonasidan o‘zi ta’lim olgan maktab kutubxonasiga kitoblar sovg‘a qilsa, bu yaxshi tashabbus bo‘lib kitobxonlikni rivojlantirish bilan farzandlarimiz tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi”, deb ta’kidlagan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-03-2019, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют