» » Samarqandda 4 nafar o‘qituvchi shpargalka sabab toifasidan ayrildi

Samarqandda 4 nafar o‘qituvchi shpargalka sabab toifasidan ayrildi


Samarqand davlat universitetida oliy va 1-toifaga da’vogar o‘qituvchilar uchun malaka sinovlari — testlar bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Zarnews xabar berdi.

— Onlayn tarzda tashkil etilgan jarayonda 2758 nafar o‘qituvchi toifa olish va uni saqlab qolish uchun kurashishi rejalashtirilgan, — deydi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi viloyat hududiy bo‘limi boshlig‘i Rustam Yo‘ldoshev. —O‘qituvchilar sinovlarni adolatli va shaffoflik bilan o‘tayotganiga ishonch hosil qilib, o‘zlari to‘plagan ballni bevosita jarayonning o‘zida kuzatib boryapti.

Sinovlar bir kunda to‘rt smenada 100 tadan o‘qituvchi ishtirokida o‘tkazilmoqda. Dastlabki kun o‘tkazilgan informatika, matematika va fizika fanidan 454 nafar o‘qituvchi test topshirishi kerak edi. Biroq, ularning 32 nafari sinovlarda qatnashmadi hamda 4 nafari shpargalkadan foydalangani uchun attestatsiyadan chetlatildi va toifasidan ayriladigan bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-03-2019, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют