» » O‘zbekistonda sirtqi ta’lim bo‘yicha test sinovlari yakunlandi. Endi 30-avgustga qadar e’tirozlar qabul qilinadi

O‘zbekistonda sirtqi ta’lim bo‘yicha test sinovlari yakunlandi. Endi 30-avgustga qadar e’tirozlar qabul qilinadi


O‘zbekistonda OTMlarning sirtqi ta’lim shakliga kirish test sinovlarining so‘nggi kuni — 20- avgustda 6 ta oliy ta’lim muassasasining 42 ta ta’lim yo‘nalishida 8 ming abituriyent ishtirok etdi. Bu haqda Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov ma’lum qildi.

Shu kuni turli sabablarga ko‘ra 415 nafar abituriyent test sinovlariga kelmadi.

Test sinovlari tartib-qoidalarini buzganligi sababli 15 nafar abituriyent, shundan 6 nafari hududga kirish joyida uyali telefon, shpargalkalar olib kirish, 9 nafari bino ichida shpargalkadan foydalanish va boshqa abituriyentlarga yordam berishga uringanligi uchun imtihonlardan chetlashtirildi.

20-avgust kungi test sinovlari faqat Toshkent shahrida o‘tkazilganligi hamda Qurbon hayiti munosabati bilan test natijalari shu kunning o‘zida e’lon qilindi. Unga ko‘ra, to‘lov-kontrakt bo‘yicha eng yuqori o‘tish bali 79,6 ball bo‘lib, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining “Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish hamda boshqarish” ta’lim yo‘nalishida qayd etildi. O‘rtacha o‘tish bali esa 59,1 ballni tashkil etdi.

Test sinovlari yakunlanishi barobarida Davlat test markazi sinovlar natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar arizasini qabul qilish boshlanganini ham e’lon qildi. Unda qayd etilishicha, bu jarayon dam olish va bayram kunlarisiz 30-avgustga qadar davom etadi. Arizalar Davlat test markazida hamda uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi bo‘limlarida qabul qilinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-08-2018, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 27) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют