» » 27-mart kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kutilmoqda?

27-mart kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kutilmoqda?


27-mart kuni O‘zbekistonning barcha hududlarida yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq kuzatiladi. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar berdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida 26—27-mart kunlari yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘ladi. Harorat shimoliy hududlarda  5-10 daraja iliq bo‘ladi, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi. G‘arbiy qismlarda esa kechqurun harorat 10-15 daraja iliq,  kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida, shuningdek, Farg‘ona vodiysida ham 29-martga qadar yog‘ingarchilik kuzatiladi.

Juma kuni ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Bu viloyatlarda faqatgina 30—31-mart kunlari quruq havo kuzatiladi.

Mamlakatning markaziy, janubiy va sharqiy hududlarida  28?29-mart kunlari 15-20 m/s tezlikda shamol esadi. Kechasi harorat 9-14 daraja iliq, kunduzi esa 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

27?30-mart kunlari tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel bo‘lish xavfi bor.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-03-2019, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 37) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют