» » Jin ko‘priklari bilan mashhur bo‘lgan Dehqonobodda jami 27 ta ko‘prik quriladi. 13-ko‘prik foydalanishga topshirildi (foto)

Jin ko‘priklari bilan mashhur bo‘lgan Dehqonobodda jami 27 ta ko‘prik quriladi. 13-ko‘prik foydalanishga topshirildi (foto)


Qashqadaryoning Dehqonobod tumanida 2018–2019-yillarda jami 27 ta ko‘prik qurilishi rejalashtirilgan bo‘lib, 26-mart kuni o‘n uchinchi ko‘prik aholi ixtiyoriga topshirildi. Bu haqda ko‘prik ochilishida ishtirok etgan “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

— 1990-yildan aholi istiqomat qilishni boshlagan “Mustaqillik” mahallasidagi 100 ga yaqin xonadon ahli farzandlarining Kichik o‘ra daryosidan o‘tib, maktabga qatnashidan xavotirlanardi, — deydi mehnat faxriysi Boymurod Jo‘rayev. — Daryoga suv ko‘p kelib qolishidan cho‘chigan onaizorlar farzandi maktabdan qaytmaguncha yuragini hovuchlab o‘tirardi. Bugun o‘sha xadik yo‘qoldi. Boisi, tuman hokimi Zoir Aliqulov tashabbusi bilan boshlangan “Mustaqillik” mahallasi va tuman markazini bog‘lovchi 40 metrli ko‘prik qurilishi 26-mart kuni yakunlanib, foydalanish uchun aholi ixtiyoriga topshirildi.

Dehqonobod tumani hokimi Zoir Aliqulovning ma’lumot berishicha, birgina 2018-yilning o‘zida tumanning chekka qishloqlarida 12 ta ko‘prik qurilib, aholi foydalanishi uchun topshirilgan. Ma’lum qilinishicha, tuman markazi va “Mustaqillik” mahallasini bog‘lovchi balandligi 3, uzunligi 40 metr bo‘lgan ko‘prik qurilishi uchun mahalliy budjetdan 130 million so‘m ajratilib, qurilish ishlari 3 oy davom etgan.

Aholi vakillaridan biri Mavluda Norqulovaning aytishicha, mazkur ko‘prik muammosi 5 yildan beri hal etilmay kelayotgan muammo bo‘lib, o‘tgan vaqt davomida aholi barcha mutasaddi tashkilot rahbarlariga murojaat qilgan.

— Tuman hokimligidan tortib, prezident portaligacha murojaat qildik, — deydi Mavluda Norqulova. – “Ana qilib beramiz, mana qilib beramiz”, deb 5 yil vaqt o‘tkazishdi. Shukurki, bugun o‘sha charchoqlarimiz chiqdi. Farzandlarimizning suv kechib yurishi bizni juda tashvishlantirardi. Eng yomoni farzandlarimiz hali yosh bo‘lsa-da oyoq og‘rig‘ini topib olishgandi.

Eslatib o‘tamiz “Daryo”da chop etilgan maqolada tumanning Choshtepa qishlog‘idagi uzunligi 170 va 110 metrlik ko‘priklar xususida so‘z borgandi. Mazkur qishloqdagi ko‘priklar zamonaviy tipdagi ko‘priklarga aylanadimi yoki yo‘qmi bunisi hozircha noma’lum. Biroq, hokimlik mutasaddilarining aytishicha tumanda yana 14 ta ko‘prik qurilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ko‘prik qurish ishlari 2019-yil yakunlanadi.

26-mart kuni shuningdek, Dehqonobod tumanining Boyqo‘rg‘on qishlog‘ida 100 o‘rinli va tuman markazida 50 o‘rinli 2 ta nodavlat bog‘cha ham o‘z faoliyatini boshladi. E’tiborli jihati Boyqo‘g‘ondagi 100 o‘rinli nodavlat bog‘cha rahbariyati 35 nafar kam ta’minlangan oila farzandlari uchun oylik badal to‘lovini 100 ming so‘mdan 35 ming so‘mga tushirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-03-2019, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 42) ( 0) ( 42) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют